• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroportining uchib kelish zalidagi avtoturargohning rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan faoliyatida vaqtinchalik o‘zgarishlar kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Uchib kelish zali yonidagi avtoturargohda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan shaharga chiqayotgan yo‘lovchilar uchun chiqish yo‘li chap tomonga — taksi yo‘lagining ortiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Kutib oluvchilar zaliga kirish vaqtinchalik shahar tarafdan amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtoturargoh hududidagi ta’mirlash ishlari uch kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.

“Uzbekistan Airports” va “Toshkent” aeroporti vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va kutib oluvchilardan uzr so‘raydi.


Avvalroq “Spot” Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi zal ochilgani haqida yozgandi.

Uchib ketish terminalida maydoni 2500 kvadrat metr zal qurilgan bo‘lib, yo‘l o‘tkazgichni buzib, fasadini avtoturargoh tomon ko‘chirish orqali hudud kengaytirilgan.

Zalning o‘zida yo‘lovchilar va kuzatuvchilar dastlabki tekshiruvdan o‘tadilar va ba’zi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Xususan, bagajni qadoqlash, SIM-kartalarni sotib olish, bankomat xizmatlari, zaryadlash stansiyalari va vending avtomatlari shular jumlasidan.

Ўхшаш янгиликлар