• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi, xabar beradi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

2023-yil 17-iyuldan 16-sentabrga qadar davom etgan jarayonda mamlakat bo‘ylab “OpenBudget” portali orqali 33 489 ta tashabbus uchun 18 mlndan ortiq ovoz berilgan.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1187 ta loyiha g‘olib deb topilib, ular bilan bu yerda tanishish mumkin.

Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1,5 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltirilgan.

tashabbusli budjet


Tashabbusli budjet loyihasining birinchi mavsumi joriy yilning 6-fevraldan boshlab 26-fevraligacha o‘tkazilgandi. 1-mavsum uchun davlat budjetidan 756,50 mlrd so‘m ajratilgan.

2022-yilning ikkinchi yarmida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 9 201 ta mahalla ishtirok etib, 38 mingta loyihaga 8 mln aholi ovoz berdi. Bu borada, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol bo‘ldi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 1 418 ta loyiha g‘olib deb topilib, ular uchun jami 1 trln so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Ўхшаш янгиликлар