• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

“Silk Avia” 1-apreldan boshlab Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Helicopters” “Silk Avia” brendi ostida LET L-410 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlar haftada uch marotaba — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bir tomonga aviachipta narxi 109 000 so‘mdan, borish va qaytish aviachiptalari narxi esa 218 000 so‘mdan boshlanadi.


“Silk Avia” 2023-yilning avgust oyida Nukusga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgandi.

Aviakompaniya yo‘lovchilar sonining kamligi sababli parvozlarni vaqtincha to‘xtatilishini va sentabr oyida qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар