• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Rossiya xorijiy fuqarolar va kompaniyalar uchun bank hisobraqamlarini ochish tartibini soddalashtirish tashabbusini ilgari surdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Qayd etilishicha, Rossiya hukumati xorijiy moliya tashkilotlari mijozlariga mamlakatda identifikatsiyadan o‘tmasdan Rossiya banklarida hisob raqamlarini ochishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

Bozor ishtirokchilari fikriga ko‘ra, bu xorijlik sayyohlarga tovar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun “MIR” kartalarini oldindan chiqarish imkonini beradi va kompaniyalarning transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirishi osonlashadi.

24-mart kuni Davlat Dumasiga Rossiya banklarida xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar uchun hisobvaraqlar ochish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi kiritilgan.

Hujjat xorijiy bank mijoziga masofadan turib, ya’ni majburiy identifikatsiya qilinmasdan, agar u ushbu vakolatlarni uning identifikatsiyasini amalga oshirgan xorijiy yuridik shaxsga topshirgan bo‘lsa, Rossiya kredit tashkilotining mijozi bo’lishga imkon beradi.

Qonun loyihasining tushuntirish xatida do‘st davlatlarning sanksiya siyosati Rossiya hududida Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari faoliyatining to‘xtatilishiga olib kelgani qayd etilgan.

Rossiya bankining “Kommersant"ga ma’lum qilishicha, regulyator qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan va uni qo‘llab-quvvatlaydi.

Rossiya banklari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Voylukovning takidlashicha, tashkilot Markaziy bankka xorijiy banklar mijozlari uchun hisobvaraq ochish tartibini yengillashtirishga ruxsat berish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Elektron pul bozori ishtirokchilari va pul o‘tkazmalari uyushmasi raisi Viktor Dstovning qo‘shimcha qilishicha, bu tartiblar yaxshi rivojlangan dunyoda shaxsiy ishtirokisiz va uchinchi shaxslarga ishonib hisobvaraqlar ochish odatiy holdir.

“Ma'lum xavflar identifikatsiyalashning transchegaraviy xususiyatiga ega, bu yerda, mening fikrimcha, nazoratning qo‘shimcha elementlaridan foydalanish kerak, masalan, mijozning fotosuratlari va uning hujjatlari, video identifikatsiya qilish va boshqalar”, — dedi Dostov.

Qonun loyihasi nafaqat xorijiy davlatlar fuqarolari, balki xorijda yashayotgan rossiyaliklar, shuningdek, xorijiy kompaniyalarga ham tegishli hisoblanadi.


Avvalroq"Spot" Markaziy bank 2023-yil 1-maydan boshlab, ta’sischilari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tardbirkorlarga bank hisobvaraqlarini nafaqat davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida, balki faoliyati davomida ham bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat bergani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар