• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25°C
Detail image

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston “uch tomonlama gaz ittifoqi” doirasidagi loyihalarni muhokama qilishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginovga tayanib, “TACC” nashri xabar berdi.

Vazir jurnalistlarga mazkur loyiha muhokama jarayonida ekanini ta’kidlagan.

Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan “gaz ittifoqi"ni tuzish taklifi 2022-yilning noyabrida ma’lum bo‘lgandi.

Ommaviy axborot vositalari uning maqsadlari qatorida gaz tranziti va uni boshqa bozorlarga, xususan, Xitoyga yetkazib berishni muvofiqlashtirishi bo‘yicha yozdi.

Shundan so‘ng, Jo‘rabek Mirzamahmudov mamlakat gazni “alyans yoki ittifoq orqali” emas, balki shartnomalar bo‘yicha import qilish niyatida ekanini qayd etdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa gaz yetkazib berishda “siyosiy shartlar” haqida gap bo‘lmasligini aytgandi.

2022-yilning dekabr oyi oxirida Aleksandr Novak Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etishini ma’lum qildi.

Yanvar oyiga kelib esa O‘zbekiston “Gazprom” bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ni imzoladi.

Shundan so‘ng, Energetika vazirligi bu bo‘yicha yuzaga kelgan muhokamalarga izoh berib, gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetga qandaydir tahdid yo‘qligini qayd etdi.

Tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarga va o‘rganishga kelishib olingani ta’kidlandi.

Fevral oyida “Gazprom” bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

Aprel oyi oxirida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov Rossiyadan O‘zbekistonga gaz “Markaziy Osiyo-Markaz” gaz quvuri orqali yetkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

May oyida Qozog‘iston hukumati Rossiya gazining o‘z hududi orqali O‘zbekistonga tranzitini amalga oshirish masalasini muhokama qilayotgani xabar qilindi.

Ўхшаш янгиликлар