• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Yangi Bank — O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar uchun zamonaviy bank xizmatlarini taklif etuvchi yangi, rivojlanib borayotgan raqamli bank. Asosiy eʼtibor innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.

Jismoniy shaxslar uchun bank quyidagilarni taklif qiladi:

  • bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan mikroqarzlar;
  • foizlari har hafta to‘lanadigan omonatlar.

Biznes uchun keng qamrovli xizmatlar:

  • tranzaksiyalarni boshqarish;
  • ish haqi loyihalari;
  • korporativ kartalar;
  • ekvayring;
  • faktoring.

Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe bank sektorining hozirgi holati va rivojlanishi, shuningdek, bank duch kelayotgan muammo hamda istiqbollar haqida gapirdi.

B2B uchun raqamli bank yaratish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?

Yangi Bank‘ni tashkil etish g‘oyasi paydo bo‘lganida O‘zbekistondagi banklarning aksariyati riteylga — asosan chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligini bilardik. Biz kichik va o‘rta biznesga raqamli formatda mavjud bo‘lgan bank mahsulotlari ham kerakligini tushunardik, bozorga nima kerakligini bilamiz va buni amalga oshira olamiz. Shuning uchun bu sohaga albatta kirishimiz kerak, deb qaror qildik.

Nima uchun Yangi Bank?

Bu ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol. Bugungi kunda davlat Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lini tanladi, uning strategiyasi farovon jamiyat qurish va xalq uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu bank missiyasiga yaqin, chunki Yangi Bank odamlar va jamiyat uchun foydali mahsulotlarni yaratmoqda.

“Ayni paytda biz turli xil o‘zgarishlar va islohotlarni boshdan kechirmoqdamiz, jumladan bank sohasida. Shuning uchun ham bank xizmatlari sifati yangi bosqichda bo‘lishi kerak. Yangi nomiga munosib bo‘lish uchun bank faoliyati davomida doimiy ravishda rivojlanish, yaxshilanish va bozorga yangi mahsulotlarni olib kelish kerak”, — dedi Svetlana Xe.

reklama, yangi bank

Raqamli banklar qanday yaratiladi?

Agar banklar umuman qanday tuzilganligi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda anʼanaviy bank uchun litsenziya olish, ofis, kassa tashkil qilish, bank mutaxassisini yollash kifoya va bank faoliyatini boshlash mumkin. Raqamli bankni ishga tushirish haqida gap ketganda esa, birinchi navbatda, butun IT-infratuzilmasini qurish kerak, chunki raqamli bank asosan texnologiyalarga tayanadi.

“Tayyor mahsulot bilan chiqishdan oldin juda katta hajmdagi ishlarni bajarish kerak: kuchli jamoani to‘plash, o‘z IT arxitekturasini yaratish, turli xil xizmatlar va raqamli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan integratsiya qilish. Shuningdek, mahsulotlarning o‘zini ishlab chiqish uchun ham vaqt kerak — bu biz ishga tushirishning birinchi yilida qilgan ishlar”, — dedi Yangi Bank boshqaruvi raisi.

Qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

Yangi Bank oldida barcha operatsion jarayonlar va mahsulotlarni yaratish hamda raqamlashtirish bo‘yicha katta vazifa turibdi. Mamlakat iqtisodiyotning turli sohalarida bosqichma-bosqich o‘zgarishlar va raqamlashtirish joriy etilayotgani kuzatilmoqda. Qonunchilik, shu jumladan regulyator darajasida raqamli banklarning rivojlanishiga yordam beradigan meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.

Biroq raqamlashtirish hamma joyda ham yetarli darajada amalga oshirilmaydi, shuning uchun barcha yechimlarni amaliyotga tatbiq etish oson emas. Shuningdek, bozorda yuqori malakali mutaxassislar yetishmayapti. Bu qiyinchilikning kichik bir qismi. Ko‘nikmalar bor, lekin ular ko‘proq bo‘lishi kerak.

Yana bir fikrni taʼkidlash mumkin — jamoatchilikning raqamli banklarga bo‘lgan ishonchi. Hali ham raqamli mahsulotlarga hadik bilan qaraydigan mijozlar bor. Shu bois bugungi kunda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish zarurati mavjud.

reklama, yangi bank

Banklar aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun nima qilmoqda?

Banklar moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun turli xil o‘quv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Jismoniy shaxslar uchun bank mahsulotlari tushunarli bo‘lsa, kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning xususiyatlari, masalan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishning nozik jihatlari bilan tanishtirish kerak bo‘ladi — Yangi Bank ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkazmoqda.

“Masalan, biz kichik va o‘rta biznes uchun taklif etilgan mutaxassislar ishtirokida o‘quv tadbirlarini o‘tkazyapmiz. Xususan, Rossiya, Xitoy va Turkiya bilan qanday biznes yuritish haqida „Murakkab mavzular haqida sodda tilda“ ruknida bir nechta onlayn vebinarlar o‘tkazdik. Fikr-mulohazalar ijobiy bo‘ldi,jismoniy shaxslar uchun esa Telegram‘da o‘quv botini ishga tushirdik”, — dedi Svetlana Xe.

reklama, yangi bank

Siz qancha vaqtdan beri mavjudsiz va bu vaqt ichida nimalar qilishga muvaffaq bo‘ldingiz?

Bank bozorda bir yildan beri faoliyat yuritmoqda. Shu vaqt ichida biz bank va IT sohalaridan ajoyib jamoani to‘pladik. Xalqaro darajaga mos keladigan va moliyaviy texnologiyalar hamda juda mustahkam IT komponentga ega bank aralashmasidan iborat kompaniya yaratdik.

“Ushbu qisqa vaqt ichida biz jismoniy shaxslar uchun qarz, omonat va mikroqarz xizmatlari mavjud bo‘lgan qulay mobil ilovani ishga tushirdik. Shuningdek, biz kichik va o‘rta biznes uchun o‘z internet-bankimizni ishlab chiqishga va ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldik. Bugungi kunda mijozlar tranzaksion xizmatlar, ish haqi loyihalari, korporativ kartalar, ekvayring xizmatlaridan, yaʼni kichik va o‘rta biznes uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni boshladik, faktoring kabi mahsulotni ishga tushirdik”, — dedi Svetlana Xe.

Biz kompaniyalarning katta qismi turli xil moliyaviy bo‘shliqlarga va qisqa vaqt ichida moliyalashtirish zaruratiga duch kelishini tushunamiz. Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, debitorlik qarzlarini tayinlash uchun faktoringni moliyalashtirish kabi mahsulotni ishga tushirdik. Yetkazib beruvchilar ko‘pincha tovarlarni jo‘natadilar yoki kechiktirilgan to‘lov bilan xizmat ko‘rsatadilar va daromadlarini kutishlari kerak. Faktoring yetkazib beruvchilarga tasdiqlangan hisobvaraq-faktura asosida mahsulot jo‘natilgan kuni daromad olishga yordam beradi. Buning yordamida yetkazib beruvchilar yetkazib berish hajmini oshirishi va o‘z biznesining aylanmasini ko‘paytirishi mumkin.

reklama, yangi bank

Bank boshqaruvining ayol raisi nimani his qiladi?

Bankda gender mansublik farqlanmaydi. Asosiy jihat — bu professionallik, tajriba, malaka — biz doimo bunga rioya qilamiz. Ammo murakkablik masalasiga qaytsak, bu yerda yaratilayotgan barchasi har qanday holatda ham jamoaviy ish ekanligini va barcha natijalarga kuchli jamoa tufayli erishilganligini taʼkidlash kerak.

reklama, yangi bank

Siz qanday sifatlarga ega odamlarni ishga olasiz?

Yangi bank ochilayotgan hamda barcha jarayonlar noldan qurilayotgan vaqtda jamoa tajribali va malakali odamlardan iborat bo‘lishi muhim. Birinchidan, Yangi Bank o‘z sohasidagi haqiqiy mutaxassislarni jalb qiladi. Ikkinchidan, avtonomlik — xodim to‘laqonli mutaxassis bo‘lishi, mustaqil ishlay olishi, qarorlar qabul qilishi va vazifalarni oxiriga yetkazishi kerak. Uchinchidan, inson hayotining salmoqli qismini ishda o‘tkazadi, shuning uchun kompaniya ko‘pqirralilik, yumor tuyg‘usi va ko‘ngilchanlilik kabi fazilatlarga eʼtibor qaratadi.

Bank uchun ular nafaqat ish jarayonlarini samarali uddalaydigan, balki jamoada ijobiy muhit yaratadigan odamlardir. Bunday xodimlar bankning umumiy rivojlanishiga o‘zlarining professional hissalarini qo‘shibgina qolmay, kompaniyada shaxsiy va martabaviy maqsadlariga ham erishishlari mumkin.

Sayt: business.yangi.uz
Facebook: fb.com/yangibank.business.official
Instagram: @yangibank.business.official
Telegram: t.me/yangibank_official

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар