• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Qoraqalpog‘istondagi 7ta “zapravka"da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Qoraqalpog‘istonda ish yurituvchi “Rafs”, “Ruxshona Hamid”, “Suvinshoatgazqurilish”, “Imkon-Xamkor”, “Ruslan”, “To‘rtko‘lli Bunyod Oil” hamda “Gulnora Gaz Servis"larga qarashli AYoQShlar o‘rganildi.

Mazkur yonilg‘i quyish shaxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda laboratoriya tahlillari o‘tkazildi. Natijada, shaxobchalarning benzin mahsulotlari sifatsizligi bo‘yicha xulosa berilgan.

Olingan namunalar AI-92 benzini tarkibidagi oktanning normativ hujjat talablariga muvofiq emasligini ko‘rsatgan. Yoqilg‘i mahsulotlaridagi mazkur ko‘rsatkich 90ga ham yetmagan (92 bo‘lishi kerakl).

AYoQShlar tomonidan 2023-yilda jami 26 ming litrdan ortiq AI-92 markali sifatsiz avtobenzin sotilishi natijasida iste’molchilarga 277 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Tadbirkorlarga nisbatan “Iste'molchilar huquqlarin himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunining tegishli moddasi talabi buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib qaror, ko‘rsatmalar berildi.

Yanvarda Surxondaryodagi ayrim “zapravka"larda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlangandi. Mazkur holat kuzatilgan AYoQShlar Ai-80 benzinini Ai-95 markali benzini sifatida qimmat narxda sotgan.

Shuningdek, Sirdaryodagi “zapravka"da ham sifatsiz benzin sotilgani ma’lum qilindi. Natijada, 12 nafar fuqaroning avtomobiliga 100 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Ўхшаш янгиликлар