• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27°C
Detail image

Qoraqalpog‘istonda mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu boʻyicha hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qaror loyihasi prezidentning 2023-yil 30-mart kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratiladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar etib belgilandi:

  • mahallalar hududlaridagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta’mirlash va tiklash;
  • mahalla infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • mahallalardagi “mahalladagi ko‘chaboshi va uyboshi"larini rag‘batlantirish;
  • ijtimoiy himoyaga muxtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy tomondan ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash;
  • fuqarolar yig‘inlari binolari va ularning joylashgan hududlarda sport maydonchalari, nuroniylar maskani, yoshlar markazi, bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlarini qurish, yirik va mayda ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta’minlash;
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “mahalla bog‘lari"ni tashkil qilish;
  • mahallani kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish markaziga aylantirish bo‘yicha “Mahalla startapi” va mikroloyihalarni amalga oshirish;
  • mahallada jinoyatchilikni oldini olish hamda mahalla obodligiga o‘z hissasini qo‘shgan tashabbuskor fuqarolarni rag‘batlantirish;qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun.

Bunda Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning infratuzilmalarini rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.


Avvalroq “Spot” Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari taqdim etilishi haqida yozgandi.

Unga koʻra, 2028-yilgacha hududda daromad, aylanma, mulk va yer soligʻi 50%gacha kamaytiriladi.

Ўхшаш янгиликлар