• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

O‘zbekistondagi 14ta OTM “QS Asia University Rankings” reytingida Top-1000talikka kiritildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reytingga mamlakatning 6ta hududidan 14ta OTM kiritilib, shundan 6tasi birinchi marotaba top-1000talikdan o‘rin egalladi. Bular quyidagilar:

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Jizzax politexnika instituti;
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
  • Farg‘ona politexnika instituti.

Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25ta davlatdan 856ta OTM ishtirok etgan.

Bunda O‘zbekistonning 3ta — O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Akademik reputatsiya” indikatori bo‘yicha “TOP-200” oliygohlar qatoridan o‘rin egalladi.

O‘zMU “Akademik reputatsiya” bo‘yicha nisbatan yetakchi bo‘lib, 135-o‘rinda qayd etildi. Mazkur indikator bo‘yicha 7ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan.

“Ish beruvchilar o‘rtasidagi reputatsiya” indikatori bo‘yicha TIQXMMI MTU 208-o‘rin, “Professor-o‘qituvchilar va talabalar nisbati” indikatori bo‘yicha 124-o‘rinni egalladi.

2022-yili mazkur “QS Asia University Rankings” reytingigaga mamlakatdagi 8ta OTM kiritilgandi.

Ўхшаш янгиликлар