• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

2021 yilda Tojikiston xorijga 2020 yildagiga nisbatan koʻproq elektr energiyasi sotdi. Bu haqda respublika energetika va suv xoʻjaligi vaziri Daler Juma matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Mamlakatdan qariyb 2,5 mlrdkVt/soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu 2020 yilga nisbatan 900 mln kVt/soatdan ortiq, dedi vazirlik rahbari.

Resurslarning asosiy qismini Oʻzbekiston va Afgʻoniston sotib olgan. Afgʻoniston 1 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi uchun qariyb $55 mln toʻlagan.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Tojikistondan biroz kamroq resurslar oldi. Shu bilan birga, mamlakatga yetkazib berilgan elektr energiyasi darajasi 1 milliard kVt/soatga yetdi. Xarid qilingan tovar uchun mamlakat $23 mln dan ortiq pul toʻlagan.

Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan.

2021 yilda ishlab chiqarilgan resurslar darajasi 20 mlrd kVt/soatdan oshdi. Bu 2020 yilga nisbatan 4,3% ga koʻpdir.

Ўхшаш янгиликлар