• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

BAA va O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Mamlakatning Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuv o‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun Kengash tuzish zarurligini bildirgan.

Shuningdek, BAA tomoni kommunal soha tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan shahar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqishda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

2022-yilning avgust oyida O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. U sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirishda jamoatchilik fikrini o‘rganishi ko‘zda tutilgan.

Oktabrga borib, “UZINFOCOM” sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilida muloqot qiluvchi “Muxlisa — ovozli yordamchi” loyihasini ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.

U orqali matnni nutqqa, nutqni esa matnga aylantirish va o‘zbek tilidagi boshqa ovozli buyruqlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар