• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Osiyo taraqqiyot banki va “Indorama Agro” xorijiy korxonasi O‘zbekiston fermerlarining daromad manbalarini yaxshilash, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va COVID-19 pandemiyasidan so‘ng davom etayotgan tiklanishni qo‘llab-quvvatlash uchun $15 mln.lik qarz kelishuvi imzoladi. Bu haqda bankning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qarz mablag‘i paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlarga avanslarni moliyalashtirish, 3600dan ortiq fermer va qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun yo‘naltiriladi

Shuningdek, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini ilgari surish uchun bevosita agrotexnik yordam ko‘rsatiladi.

Moliyalashtirish fermerlarni Better Cotton Initiative (BCI) tamoyillari bo‘yicha o‘rgatish va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan boshqaruv amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan Barqaror rivojlanishga bog‘liq kredit (SBR) sifatida tuzilgan.

BCI tamoyillari agrokimyoviy moddalarga qaramlikni kamaytirish, suv resurslarini va yer resurslarini samarali boshqarish va bioxilma-xillikni ta’minlash maqsadida zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik vositalarini afzal ko‘rishni, shuningdek xalqaro mehnat, gender va ijtimoiy himoya standartlarini ilgari surishni o‘z ichiga oladi.

“Ushbu moliyashtirish COVID-19dan keyingi tiklanishni qo‘llab-quvvatlagan holda fermerlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishda yordam berish uchun qishloq xo‘jaligiga xususiy sektorning muhim investitsiyalarini jalb qilishga yordam beradi”, — dedi “OTB"ning Xususiy sektor operatsiyalari bo‘yicha Bosh direktori Syuzan Gaburi.

Gaburining qo‘shimcha qilishicha, bu barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini mustahkamlash uchun uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish bilan birga mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi.


Avvalroq “Spot” Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda agrar sohani rivojlantirishga $130 mln yo‘naltirishi haqida yozgandi. Bu bo‘yicha 2 ta yangi loyiha hujjatlari ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Ўхшаш янгиликлар