• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro‘yxat vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha amal qiladi.

Mazkur o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

oliy ta'lim, otm, o‘qishni ko‘chirish, perevod, ta'lim

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari yuqoridagi rasmda keltirilgan yoki uni havola orqali PDF shaklida havola orqali yuklab olish mumkin.

OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanib, arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Avvalroq OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanishi haqida xabar berilgandi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etilib, 1-smena soat 08:00da, 2-smena 15:00da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар