• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

18-iyul kuni “OpenAI” kompaniyasi “GPT-4o"ning soddalashtirilgan versiyasi — “GPT-4o mini” chat-botini taqdim etdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mahsulot bir qator sinovlarda oldingi til modellaridan ustun turadi, hajmi bo‘yicha kichikroq va brendning barcha mahsulotlari orasida eng qulay sun’iy intellekt hisoblanadi.

“GPT-4o mini” keng ko‘lamli muammolarni arzon narxda hal qiladi va turli ilovalarda foydalanish, katta hajmdagi kontekstni qayta ishlash va real vaqtda tezkor javoblarni taqdim etadi.

Ta’kidlanishicha, chat-bot matn va grafik interfeyslarni qo‘llab-quvvatlaydi, tez orada video va audio kontentni qo‘llab-quvvatlaydi.

Model 128 mingtagacha kirish tokenlarini, har bir so‘rov uchun 16 mingtagacha chiqish tokenlarini qayta ishlashga qodir va uning bilimlari 2023-yil oktabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

“ChatGPT Free”, “Plus” va “Team” foydalanuvchilari iyul oyi oxirigacha “GPT-4o mini"dan foydalanishlari mumkin.

Qayd etilishicha, 1 mln kirish tokenining narxi 15 sent va 1 mln chiqish tokeni uchun 60 sent bo‘ladi.

“OpenAI” kompaniyasi may oyidagi taqdimotda “GPT-4o” (o — omni) generativ modelini e’lon qildi. U barcha “ChatGPT” foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi.

Kompaniyaning texnik direktori Meera Muratining so‘zlariga ko‘ra, “GPT-4o” audio, matn va tasvirlar bilan ishlash qobiliyatini yaxshilaydi.


Avvalroq “Spot” “OpenAI” inson ovozini nusxalash uchun neyron tarmoqni taqdim etgani haqida yozgandi.

Neyron tarmoq foydalanuvchiga “klonlangan” ovoz yordamida turli tillarda matnni ovozli qilish imkonini beradi.

Ўхшаш янгиликлар