• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20°C
Detail image

Yaponiyaning Nagoya shahrida “O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi” ochildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Nagoya shahri meriyasining Iqtisodiyot, sanoat va transport boshqarmasi boshlig‘i Masatoshi Xiguchi mazkur savdo uyi orqali Yaponiyada o‘zbek milliy mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish yanada ortishi, mamlakatdan turli xil mahsulotlar eksporti ko‘payishini kutmoqda.

Mazkur savdo uyi Yaponiyada o‘zbek mahalliy mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, yangi eksport shartnomalarini imzolashda ko‘maklashish hamda yangi logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Hozirda savdo uyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, hunarmandchilik, kulolchilik, kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarining ulgurji va chakana savdolari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, sotiladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish, qovun va uzum eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Hududiy hokimliklar bilan savdo uyida tashkil qilingan shou-rumda mahalliy mahsulotlar taqdimotini amalga oshirish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreyada O‘zbekistonning birinchi savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Shou-rumda oziq-ovqat, meva-sabzavot, to‘qimachilik-tekstil hamda kulolchilik kabi mahsulotlar namoyish etiladi.

O‘tgan yili Ozarbayjon va Litva poytaxtlarida O‘zbekiston savdo uylari ish boshladi. Xususan, Boku shahrida O‘zbekiston korxonalarining maishiy texnika, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlari namoyish etildi.

Ўхшаш янгиликлар