• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25°C
Detail image

Shavkat Mirziyoyev Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Misrning yetakchi investitsiya-sanoat korporatsiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma “yo‘l xaritasi” doirasida qiymati $1,2 mlrd.dan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Joriy yilning fevral oyida “Orascom Investment Holding” kompaniyasi bilan geologiya, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgani haqida ma’lum qilingandi.

Tog‘-kon va oziq-ovqat sanoatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, mehmonxona majmualarini qurish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

“Orascom Construction” kompaniyasi O‘zbekistonda keyinchalik uning hududida lak-bo‘yoq hamda qurilish materiallari uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirgan holda sanoat parkini tashkil etish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun sanoat korxonalari — kompaniya hamkorlarini jalb qilishga qiziqish bildirdi.


Avvalroq O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari biznes kengashi tuzilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, ikki mamlakat farmatsevtika va to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Ўхшаш янгиликлар