• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Toshkent shahrida uch qavatdan iborat savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Bino Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, 2016-yilda qurilgan.

Umumiy maydoni 1438 kv. metrni tashkil etadigan binoda 32 ta xona mavjud. Binoda elektr energiyasi, gaz va suv bor.

Lotning boshlang‘ich sotuv narxi 8,1 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 405 mln so‘mni tashkil qiladi.

Auksion 24-oktabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” Oʻzbektelekom Mirobod tumanida joylashgan binoni sotuvga qoʻygani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар