• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

Milliarder Richard Brensonning “Virgin Orbit” kosmik kompaniyasi bankrot deb topildi. Bu haqda AQShning Delaver okrugi bankrotlik sudi bergan bayonotga tayanib “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.

Hujjatda kompaniyaning aktivlari $243 mln, qarzi esa 2022-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, $153,5 mln ekanligi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, kompaniya kichik sun’iy yo‘ldoshni uchirish muvaffaqiyatsiz amalga oshgani va aksiyalarning qulashidan keyin faoliyatini davom ettirish uchun mablag‘ topa olmagan.

Kompaniyaning muammolari “Virgin Orbit”ning Britaniya hududidan birinchi orbital uchirilishi bo‘lishi kerak bo‘lgan yanvar oyidagi muvaffaqiyatsiz missiyadan so‘ng boshlandi.

Yoqilgi filtri bilan bogo‘liq muammolar tufayli kompaniya apparati hech qachon orbitaga chiqmagan, bu esa to‘qqizta kichik sun’iy yo‘ldoshning yo‘qolishiga olib kelgan.

Investorlarning ishonchsizligi fonida kompaniya aksiyalari yil boshidan beri 82%ga arzonlashdi.

Mart oyi oxirida bosh direktor Den Xart xodimlarga kompaniya faoliyatini davom ettirish uchun mablag‘ topa olmagani va zudlik bilan, keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishi kerakligini aytdi.

Xartning aytishicha, “Virgin Orbit” o‘z faoliyatini to‘xtatadi va deyarli butun jamoani ishdan bo‘shatadi, faqat 100 nafar xodim qoladi.

Virgin Orbit” 2017-yilda Bransonning “Virgin Galactic” kosmik kompaniyasidan alohida ishga tushirilgan.

Kompaniya orbitaga tijorat va fuqarolik sun’iy yo‘ldoshlarini yetkazadi. U o‘zining birinchi missiyasini 2021-yil yanvar oyida boshladi va shundan beri to‘rtta muvaffaqiyatli ishga tushirildi, ammo hech qachon rentabellikka erisha olmadi.

Raqobatchilardan farqli, “Virgin Orbi"t sun’iy yo‘ldoshlarni yerdan emas, balki havodan — modifikatsiyalangan Boeing 747 samolyoti qanoti ostidan uchirgan.


Avvalroq “Spot” “Hi-Tech Bank” bankrot deb topilgani va o‘z faoliyatini tugatgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар