• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14°C
Detail image

Markaziy bankda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining vakillik hisobvarag‘i ochildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Bu orqali Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi kapital bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob-kitoblarni qisqa muddatda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Mazkur infratuzilma kapital bozoridagi amaliyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tezlashtirishi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlashi orqali kapital bozoriga xorijiy investorlarni faol jalb etishning asosiy omillaridan bo‘ladi.

Markaziy bank orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati kapital bozorini rivojlantirish, infratuzilmasini takomillashtirish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi.

2023-yilning sentabridagi prezidentning tegishli qarori bilan “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirilishi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari Markaziy bankka o‘tkazilishi belgilangandi.

2025-yildan davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi markaziy depozitariyda yuritiladi. 2028-yilning oxirigacha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, O‘zRVB va “Toshkent” fond birjasi mablag‘larni rivojlantirishga yo‘naltirgan holda dividendlarni hisoblash va to‘lashdan ozod etiladi.

Avvalroq endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etilishi haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар