• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +13°C
Detail image

Markaziy bank “soʻm ramzi"ni ishlab chiqish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalari sarhisob qildi. Taʼkidlanishicha, milliy valyuta ramzini ishlab chiqish boʻyicha tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi.

Dastlabki saralash bosqichida 508 ta ijodiy loyiha tanlab olindi va ularning har biriga maxfiylikni taʼminlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi. Shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi boʻyicha tekshirildi. Natijada 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov hakamlar hayʼatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.

Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi. Regulyatorga koʻra, hakamlar hayʼati aʼzolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:

  • oʻziga xoslik (unikal) va originallik;
  • universallik;
  • oson tanib olinishi;
  • ramziy va farqli jihatlari;
  • soʻm ramzining turli formatlarda grafik qoʻllanilishining qulayligi.

Tanlov natijalariga koʻra, hayʼat tomonidan Oʻzbekiston milliy valyutasi — “soʻm"ning oʻziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.

Maʼlumot uchun, pul birligi ramzini yaratishga jalb qilish maqsadidagi tanlovga yuborilgan arizalarning umumiy soni 17 mingdan ortiqni tashkil etdi.

Ўхшаш янгиликлар