• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Markaziy bank yangi talablarga javob bermagani uchun bir nechta to‘lov xizmatlarining litsenziyalarini bekor qildi. Bu haqda 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Spot” muxbiri.

“Yetti-sakkiztaga yaqin to‘lov tashkiloti bizning talablarimizni bajarmadi, shuning uchun biz ularning litsenziyalarini bekor qildik. Iyul oyida 3−4ta tashkilot o‘z majburiyatlarini bajarish uchun bir necha kunga kechiktirildi. Bu faqat aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tish uchun hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq”, — dedi Markaziy bank raisi.

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistondagi barcha to‘lov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklida faoliyat yuritishi kerak. Shu bilan birga, to‘lov tizimi operatorlarining ustav kapitali 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlariniki esa 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. 2025-yilning 1-iyulidan boshlab 20 mlrd so‘mga oshiriladi.

“Spot” “Click”, “Oson”, “Humo” va o‘z nomini “Xonsaroy Payments"ga o‘zgartirgan “CloudPayments” kabi to‘lov kompaniyalarining qayta tashkil etilishi haqida yozgandi.

Iyun oyida Markaziy bank “Qulay Pul” to‘lov tizimi operatori va “UzPost” shuba korxonasi bo‘lgan “Milliy pochta to‘lovlar” tashkilotining litsenziyalarini qaytarib olgandi. Litsenziyalarni bekor qilish uchun kompaniyalarning bayonotlari asos bo‘ldi.

Avvalroq Markaziy bank onlayn kredit berish talablarini kuchaytirayotgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasidagi shubhali pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар