• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18.1°C
Detail image

Muxammadali Maxmudov 2003-yildan buyon “Legalmax” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori. Uning patent vakili va advokat bo‘lib faoliyat yuritgani “Chambers Global” va “The Legal 500” tomonidan e’tirof etilgan.


Kitobga bo‘lgan ishtiyoqim yoshligimdan shakllangan. U paytlar Mayn Rid, Jyul Vern kabi mualliflar ijodini o‘qib sarguzashtlar olamiga sho‘ng‘ib ketardim. Bu kitoblar tasavvurimni kengaytirib, bilim va ta’limning ahamiyatini anglash yo‘lidagi birinchi qadamim bo‘lgan.

Ko‘pchilik qatori menda ham kitobga mehr oilamdan boshlangan. Koinot, hayvonot dunyosi va boshqa bilim sohalari haqidagi ensiklopediyalariga qiziqishim ham paydo bo‘la boshladi.

Ulg‘ayganim sari kitob o‘qish har xil shakllarda bo‘lishini anglay boshladim. Ba’zi kitoblarni bir kechada, boshqalarini esa chuqur tushunish uchun qayta-qayta o‘qish kerak. Nafaqat o‘qish, balki o‘qiganingiz haqida fikr yuritish, bu jarayonda paydo bo‘ladigan yangi g‘oyalar va tushunchalar haqida o‘zingiz bilan suhbatlashish ham muhimdir.

“Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi”, Yuval Noy Harari

Ushbu kitob menga insoniyat evolyutsiyasi haqida noyob tushunchalar berdi. Nima uchun biz shunday harakat qilayotganimizni va bizning qadimiy instinktlarimiz zamonaviy jamiyatga qanday ta’sir qilishini yaxshiroq tushunishga imkon yaratdi.

Shuningdek, ko‘plab qarashlarimni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi, jumladan, din va inson tabiati haqida chuqur tushunchalarni anglashga yordam berdi.

Bu asar men uchun ilhomlantiruvchi mutolaa bo‘lib, inson motivlari va xatti-harakatlarini chuqurroq tushunishga ko‘maklashdi.

“Sapiens"da muallif yerda izi qolgan ilk insonlardan tortib kognitiv, agrar va ilmiy inqiloblarning keskin, ba’zan esa vayronkor yutuqlarigacha bo‘lgan butun insoniyat tarixini ochib beradi. U tarix oqimi qanday qilib jamiyatlarni, atrofimizdagi hayvonot va nabotot va hatto bizdagi shaxsiyatlarni shakllantirganini biologiya, antropologiya, paleontologiya hamda iqtisodiyot asoslariga tayangan holda tadqiq qiladi.

kitoblar, kitoblar tavsiyasi, muhammadali mahmudov


“G‘aybni sotish”, Garri Bekvit

Bu kitob marketing yoki biznesni boshqarish bilan shug‘ullanadigan har bir kishi uchun haqiqiy kashfiyotdir. “G‘aybni sotish” asari nafaqat nazariyani, balki iste’molchi tanloviga ta’sir qilishning o‘ziga xos usullarini ham o‘z ichiga oladi.

Kitobni marketologlar, brend menejerlari, reklama beruvchilar va kompaniya rahbarlariga, o‘z tanlovini qanday amalga oshirishi haqida ko‘proq bilishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.

Ushbu kitobni tasvirlayotib, “Max Factor” brendining bir iqtibosidan keltirmoqchiman: “Biz kosmetika sotamiz, lekin ular bizdan sotib oladigan narsa umiddir”.

Asar menga taklif etilayotgan xizmatlarga xaridorlar ko‘zi bilan qarashni, mahsulotning o‘zini emas, balki u ifodalaydigan his-tuyg‘u va turmush tarzini sotish qanchalik muhimligini tushunishni o‘rgatdi.

kitoblar, kitoblar tavsiyasi, muhammadali mahmudov


“Asosiy narsadan boshlang”, Gerri Keller va Jey Papazan

Bizning doimiy o‘zgaruvchan dunyomizda cheksiz vazifalar va maqsadlar orasida yo‘qolish oson. Bu kitob menga diqqatimni eng muhim narsaga qaratishga o‘rgatdi, shaxsiy va professional maqsadlarimga erishish strategiyasini ishlab chiqishga yordam berdi.

Bu men uchun haqiqiy kompasga aylandi. Menimcha, bu muvaffaqiyatga intilayotgan har bir kishi uchun muhim o‘qishdir.

Unda taklif etilgan metodologiya oddiy prinsipga asoslanadi — har bir vaqt oralig‘ida, har bir loyihada, hayotning har bir sohasida siz faqat bitta vazifaga e’tiboringizni qaratishingiz kerak.

Bir qarashda, bu yondashuv utopik ko‘rinadi, agar haqiqatan ham muvaffaqiyatli yoki taniqli odamlarning hikoyalarini tahlil qilsangiz, mazmun aniq bo‘ladi, ularning barchasi xuddi shunday harakat qilishgan — ular bir narsaga e’tibor qaratishgan va ajoyib natijalarga erishishgan.

kitoblar, kitoblar tavsiyasi, muhammadali mahmudov


“Biznes va hayot 3.0”, Andrey Parabellum

Kitobda sizning biznesingizni ham, shaxsiy hayotingizni ham o‘zgartira oladigan amaliy vositalar va strategiyalar taklif etiladi. Bu muvaffaqiyatga vaqt, kuch sarflash va o‘z munosabatini o‘zgartirishga tayyor bo‘lgan har bir kishi foydalanishi mumkinligini isbotlaydi.

Unda hayot, xususan tadbirkorlik haqida uzoq va zerikarli bahs-munozaralar yo‘q. Ushbu haqqoniy vaziyatlar to‘plamini o‘qigan inson mavjudlik haqida o‘ylashga, biznesda o‘ziga xos narsani topishga harakat qiladigan juda ko‘p qiziqarli narsalarni uchratadi.


“Mumkin bo‘lgan vazifa”, Margulan Seysembayev

Ushbu kitob o‘zingga va vazifangga ishonishning muhimligi haqidagi hikoyadir. Shuni ko‘rsatadiki, agar sizda ishtiyoq, qat’iyat va to‘g‘ri yondashuv bo‘lsa, hatto eng ulug‘vor maqsadlarga ham erishish mumkin.

Uni o‘qish menga kuchli motivatsiya va ishonch bag‘ishladi. To‘g‘ri munosabat va fidoyilik bilan har qanday to‘siqni yengib o‘tish mumkin.

Mustaqil ravishda $6 mlrd ishlab, keyin uni yo‘qotib, yana ko‘tarila olgan Marg‘ulon Seysembayning kitobi hamisha dolzarb bo‘lgan savollarga javob berishga bag‘ishlangan. Jamoat arbobi, investor va tadbirkor, turli sohalardagi ko‘plab kompaniyalarning aksiyadori, “Marg‘ulon” ta’lim platformasi asoschisi, o‘z hayotiy tajribasi, o‘y-fikrlari samaralari, eng muhimi, ko‘plab xato va kamchiliklardan saboqlar bilan o‘rtoqlashadi.

kitoblar, kitoblar tavsiyasi, muhammadali mahmudov


Avvalroq “Spot” Toshkentdagi Cambridge o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov tavsiya qilgan 5ta kitob haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар