• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23°C
Detail image

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralarida ketma-ket oltinchi oy pasayish kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari $1,65 mlrdga kamayib, $31,03 mlrdni tashkil etdi.

Mart oyiga nisbatan oltin-valyuta zaxiralari deyarli $4,4 mlrd kamayib, 2020-yil martidan beri eng past darajaga yetdi.

Xorijiy valyuta zaxiralari miqdori $7,39 mlrdni tashkil etdi va bu statistika e’lon qilingan butun davr uchun rekord darajada past.

Oxirgi oyda valyuta zaxiralari $1,3 mlrdga qisqardi va besh oy ketma-ket $10 mlrddan pastligicha qolmoqda.

O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa mamlakatlar markaziy banklari, shuningdek, XVFdagi depozitlari hajmi ikki baravardan ko‘proqqa — $369,7 mlnga qisqardi.

Bundan tashqari, boshqa xorijiy moliya institutlaridagi hisobvaraqlardagi mablag‘lar $870,4 mlnga kamayib, $8 mlrddan kam qolgan, yil boshidan esa pasayish $3,43 mlrdni tashkil qilgan.

Respublika oltin zahiralari ham biroz qisqarib, oktabr oyi boshida $23,09 mlrdni tashkil etdi. O‘tgan oyga nisbatan uning qiymati $335 mlnga kamaygan.

Aprel oyida mamlakat oltin-valyuta zaxiralari $230 mln.ga kamaygandi. May oyidagi ko‘rsatkich esa joriy yildagi eng yuqori kamayish qayd etilgan fevral oyidagi natijadan keyingi yuqori ko‘rsatkichdir.

Iyunga kelib esa qimmatbaho zaxiralar hajmi $650 mlnga kamaydi va $33,7 mlrdni tashkil etgan. Iyul oyidagi kamayish esa mamlakat zaxiralarining ketma-ket to‘rtinchi oyda ham qisqarishini qayd etdi.

Avvalroq Markaziy bank xalqaro zaxiralar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirgandi.

Xalqaro zaxiralar hajmi mamlakat milliy valyutasi, moliya tizimi barqarorligini ta’minlash va xorijiy investorlar ishonchini, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va xalqaro operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli darajada shakllantirib borilishi qayd etilgan.

Zaxiralar hajmi 2017-yilga nisbatan $9,3 mlrd yoki 35,3%ga oshgan. Bu 2017−2022 yillar mobaynida xalqaro zaxiralar tarkibidagi monetar oltin hajmining 67 tonnaga ortganligi hamda narxining 2017-yil boshidagi $1 159,1 dan 2022-yil yakuniga $1 812,4 gacha ko‘tarilishi bilan izohlanadi.

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin savdosi bilan dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu esa Qozog‘iston va Germaniyadan keyingi ko‘rsatkichlardan 5,5 barobar yuqori.


“Spot” avgust oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $958,4 mlnga kamayib, mamlakat zaxiralari $32,6 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар