• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga oʻqitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim kreditini yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.

Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

Viloyat hokimlariga Oliy taʼlim vazirligi va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda shu tajriba asosida har bir tuman, shahar kesimida:

  • yirik ish beruvchilar va xorijiy korxonalar bilan muzokara olib borib, texnikumlarni yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktirish;
  • har bir viloyatda kamida 2 tadan texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish topshirildi.

Ayrim texnikumlarga bir yilda 2-marta qabul tashkil etish amaliyotini boshlash vazifasi qoʻyildi.

Bandlik vazirligiga oʻtayotgan 70 ta muassasa negizida monomarkazlar, shundan 25 tasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish shartligi qayd etildi.

Ўхшаш янгиликлар