• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +12°C
Detail image

Italiya ma’lumotlarini himoya qilish idorasi OpenAI’ning ChatGPT chat-botiga Italiyadagi foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni vaqtincha cheklashni buyurdi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.

Regulyatorning qayd etishicha, Amerikaning OpenAI kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarga oid qonunchilikni buzgan.

Bundan tashqari, yosh chegarasi 13+ qaramay, chat-bot foydalanuvchining yoshini hech qanday tarzda tekshirmaydi.

OpenAI 20 kun ichida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi kerak, aks holda kompaniya 20 mln yevrogacha yoki yillik global aylanmaning 4%igacha jarimaga tortiladi.

Ungacha Italiyada ChatGPT’da ma’lumotlarni qayta ishlash taqiqlanadi.


Avvalroq 1100 dan ortiq tadqiqotchilar, muhandislar va tadbirkorlar sun’iy intellekt laboratoriyalariga GPT-4 dan yaxshiroq ishlaydigan tizimlarini darhol va kamida olti oyga to‘xtatishni so‘rab ochiq xat imzolagandi.

Imzolovchilar orasida “SpaceX”, “Tesla” va “Twitter” kompaniyalari rahbari Ilon Mask, “Apple” hammuassisi Stiv Voznyak, futurolog Yuval Noa Harari, shuningdek, “Microsoft”, “Google”, “Skype” mutaxassislari va bir qancha universitet professorlari bor.

“Inson bilan solishtirish mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga ega mahsulotlar jamiyat va insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin”, — deb yozadi maktub mualliflari.

Qayd etilishicha, ular bilan ishlashda dasturchilar juda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Biroq ishlab chiquvchilar bir-birlaridan o‘zib ketishga vaharakatlarini to‘liq nazorat qila olmaydigan kuchliroq modellarni chiqarishga harakat qilishmoqda.

“Kuchli sun’iy intellekt tizimlari faqat ularning ta’siri ijobiy bo‘lishiga va xavflarni boshqarish mumkinligiga ishonchimiz komil bo‘lganda ishlab chiqilishi kerak”, — deyiladi maktubda.

Hozircha sa’y-harakatlarni mavjud mahsulotlarni takomillashtirishga — ularni yanada aniqroq, xavfsizroq va shaffofroq qilishga qaratish kerak, deya ta’kidlanadi.

Bu texnologiya rivojini butunlay to‘xtatish kerak degani emas, deb yozadi mualliflar. Buning uchun faqat xavfli poygadan chiqish kerak.

Ular olti oy ichida bozor uchun yagona xavfsizlik qoidalarini, shuningdek, tajribalarni nazorat qilish usullarini ishlab chiqishni taklif qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар