• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar xorijdan qiymati $13 mlnga teng 389 ta elektromobil xarid qilgandi.

Fevral oyiga kelib, ularning soni 786 tani tashkil etdi. Ya’ni o‘tgan oyda mamlakatga yana 397 ta elektromobil import qilingan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oyda jami 8 ta mamlakatdan qiymati $26,8 mlnlik elektromobil import qilgan.

Shundan $13,8 mln.i fevral oyida xarid qilingan elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.

Eng ko‘p elektromobil import qilingan xorijiy davlat yetakchiligini Xitoy egallab turibdi. Bu davrda mamlakatdan 705 ta elektromobil xarid qilingan.

Undan keyingi o‘rinlarda Gonkong (56 ta), Germaniya (15 ta), BAA (5 ta) hamda Koreya (2 ta) turibdi.

2022-yilda xorijdan qiymati $69,8 mln.ga teng 2 180 dona elektromobil import qilingan. Bunda Xitoy yetakchi boʻlib, mamlakatdan 1 941 dona elektromobil olib kelingan.

Ўхшаш янгиликлар