• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“HP” kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlarni noutbuk bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarini amalga oshiradi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha, vazir Sherzod Shermatov AQShga tashrifi doirasida “Hewlett-Packard” kompaniyasi vitse-prezidenti Aleksey Voronkov va mintaqaviy menejeri Svetlana Viripayeva bilan uchrashdi.

Unda o‘zbekistonlik yoshlar uchun AKT sohasi bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish hamda AQSh bozoriga IT-xizmatlar eksportini oshirish maqsadida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama etildi.

Xususan, “HP Live” hamda “HP Garage” loyihalari 7 yil davomida 500 mingga yaqin yoshlar uchun “HP” kompaniyasi noutbuklarini yetkazib berishga qaratilgan.

Shuningdek, Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va HP kompaniyasining katta vitse-prezidenti, hukumatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha rahbari Britani Masalosalo bilan uchrashuv natijasida Vazirlik va HP kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Avvalroq AQSh kompaniyalari bilan energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy-texnik hamkorlik, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda 12ta hujjat imzolangani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар