• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Toshkentdagi IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi

“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan markazlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni


O‘zbekistonda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

“Spot” oktabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni


Asaxiy va Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev tavsiya qilgan 5ta kitob

Firuz Allayev fikrlashni o‘zgartiruvchi, dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga undovchi, murakkab iqtisodiyotni sodda tilda tushuntiruvchi, tadbirkorlikda muhim hisoblanadigan kitoblarni “Spot” bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni


Biznes tarixi: 20 yevro bilan boshlangan Zara brendining yaratilishi

Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uni rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni


Sergelidagi portlashdan biznes qanday talafot ko‘rdi? Foto

“Spot” voqea joyiga bordi va bir necha tadbirkorlar bilan suhbatlashib, vaziyatni o‘rgandi.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. YouTube smartfonda video tahrirlash imkonini beruvchi ilovani taqdim qildi.
    Undan hozircha ayrim mamlakatlarda Android beta-versiyasida foydalanish mumkin.
  2. Google Bard chat-botini o‘z xizmatlariga qo‘shdi.
    Chat-bot foydalanuvchiga Gmail, Documents, Drive va boshqalardan ma’lumotlarni topishi va ko‘rsatishi mumkin.
  3. 8 mln so‘mdan 55 mln so‘mgacha: IT mutaxassislarga qancha ish haqi taklif etilmoqda?
    RITM mamlakatdagi 5ta ish e’lonlari saytini tahlil qilib, qanday yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarga talab yuqori ekanligini hamda ularga qancha miqdorda maosh taklif etilayotganini o‘rgandi.
  4. Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
    O‘zbekiston temir yo‘llari xoldingga aylantiriladi, Sohada IT auditi o‘tkazilib, Yagona darcha tizimi yaratiladi. Shuningdek, barcha temir yo‘l kesishmalari xatlovdan o‘tkaziladi.
  5. O‘zbekistonda BYD elektromobillarini ishlab chiqarish tezlashtiriladi.
    Loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichlarida ishlab chiqarish hajmi 50 ming donaga, uchinchi bosqich yakunlari bo‘yicha 300 ming donaga yetkaziladi.
  6. YouTube Premium Lite reklamasiz obunasini bekor qilmoqda.
    Mavjud Premium Lite obunachilari tez orada reklama qo‘llab-quvvatlanadigan YouTube tomoshasiga qaytish yoki qimmatroq YouTube Premium’ga obuna bo‘lish kabi ikkita variantga ega bo‘lishadi.
  7. Sergelidagi yong‘in oqibatida mulkiga zarar yetgan fuqarolardan murojaatlar qabul qilinmoqda.
    Hodisa oqibatida yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan ishlar boshlandi. Aholi 1205 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
  8. Meta jonli efir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etdi.
    Mazkur ko‘zoynakda Facebook va Instagramda jonli translatsiyani amalga oshirish funksiyasi ham mavjud.
  9. Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilishga yuboriladi — BYD.
    Kompaniya avtomobillar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda yetkazib berilishini qayd etdi.
  10. Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimova ishini sudga kiritdi.
    Ayblov tomoni muqaddam olib qo‘yilgan $484 mlndan ortiq miqdordagi aktivlarni musodara qilishni so‘ragan.

Ўхшаш янгиликлар