• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +19°C
Detail image

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi “Guliston City” qurilish loyihasini amalga oshirishning master-rejasini tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zmilliybank” ko‘magida Guliston shahrining “Eski dehqon bozori” va “Taraqqiyot” MFY hududida 43,9 gektar yer maydoni master-rejasi ishlab chiqildi.

Master-reja doirasida hududda 30dan ortiq xizmat ko‘rsatish obyektlari, 20ta ko‘p qavatli turar joy binolari, 20ga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, gipermarket va boshqa ko‘ngilochar obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Hudud, shuningdek, yashil maydonlar, piyodalar yo‘lakchasi, bog‘, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy xizmat obyektlarini o‘z ichiga oladi.

2021-yilning oktabrida Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda o‘tkazilgan saylovchilar bilan uchrashuvda “Guliston city” barpo etilib, unda 1 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumtaʼlim va biznes maktablari, 2ta bolalar bog‘chasi, klinika, madaniyat markazi va mehmonxona qurilishini bildirgandi.

Aprel oyi boshida prezident Yangi Toshkentning dastlabki binolari qurilishini boshlab bergandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

Ўхшаш янгиликлар