• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Ilhom Mahkamov mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Xususan, tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yo‘nalishlarda parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.

Ilhom Mahkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha bildirgan taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Muzokaralar davomida Levan Davitashvili Gruziyaning Qora dengiz sohillarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida barcha sharoitlarni yaratishga va mavjud portlardan samarali foydalanishda amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirishga kelishdi.

2022-yilda O‘zbekiston Gruziyaning Poti hamda Batumi portlari orqali yuk tashuvlari hajmini 72%ga oshirdi. Mamlakatning Poti portida logistika markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар