• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Joriy yilning 4-oktabridan DV-2025 dasturiga arizalar qabuli boshlanadi. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Green Card"da ishtirok etmoqchi bo‘layotganlar uchun 10ta maslahat bilan murojaat qildi.

  1. dvprogram.state.gov sayti orqali, dastur talablariga javob berish shartlari bilan tanishib chiqing. Dastur talablariga javob bermasangiz, dasturda ishtirok etmang.
  2. Faqatgina AQSh hukumatining rasmiy saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayaning. DV2025-yilgi dastur bo‘yicha ma’lumotni taqdim etuvchi yagona rasmiy manba — “.gov” bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi.
  3. dvprogram.state.gov sayti orqali arizangizni topshiring. Bu dasturda ishtirok etishning yagona yo‘lidir. Soxta veb-saytlar yoki firibgarlarga aldanib qolmang.
  4. Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish bepul. Arizangizni bepul to‘ldirib berishni taklif etadigan yoki to‘lov orqali dasturda imkoniyatingizni oshirib berishni va’da qiladiganlardan ehtiyot bo‘ling.
  5. Oxirgi olti oy ichida olingan fotosuratdan foydalaning. Ariza topshirish vaqtida eski fotosuratdan foydalanish, dasturdan chetlashtirilishga sabab bo‘ladi.
  6. Bir ishtirokchi faqatgina bir marta ariza topshirishi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan ko‘p ariza topshirganlar dasturdan chetlashtiriladi.
  7. Siz bilan birga sayohat yoki immigratsiya qilmaydigan taqdirda ham, arizangizga turmush o‘rtog‘ingiz va 21 yoshdan kichik va turmush qurmagan barcha farzandlaringizni kiritishingiz kerakligini yodda tuting. Dasturda ishtirok etish uchun tanlangan holatingizda ham, arizangizga xato yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot kiritgan bo‘lsangiz, dasturdan chetlashtirilishingizni inobatga oling.
  8. Maxsus tasdiqlov raqamingizni (confirmation number) saqlab qo‘ying. 2024-yilning may oyida dastur bo‘yicha tanlov natijangizni tekshirish uchun sizga ushbu raqam kerak bo‘ladi.
  9. Dastur bo‘yicha tanlov 2024-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinganingiz haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishning yagona yo‘li dvprogram.state.gov/ESC sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki email orqali kelgan e’lonlarga aldanib qolmang, bu turdagi xatlar firibgarlik usuli ekanligini yodda tuting.
  10. Dasturda tanlab olinganlik, viza uchun suhbatda ishtirok etish yoki viza olish kafolatini bermasligini yodda tuting.

DV-2025 dasturi uchun arizalar 7-noyabrgacha qabul qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар