• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Google” to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv panelida matematika va fizika masalalarini yechishni o‘rgandi. Bu haqda kompaniya blog saytida ma’lum qilingan.

Yangi funksiya “Qidiruv” va “Lens” xizmatlarida foydalanuvchilarga tenglamalar, integrallar va fizika va geometriyaga oid masalalarning bosqichma-bosqich yechimlarini olish imkonini beradi.

Qidiruv satriga tenglama yoki integralni kiritish yoki bosqichma-bosqich tushuntirish va yechimni ko‘rish uchun Lens yordamida suratga olish kerak.

“Google” matnga asoslangan fizika masalalarini yechish uchun katta til modellaridan (LLM) foydalanadi.

Ushbu xususiyatlardan ayrim foydalanuvchilar hozirda faqat qidiruvning veb-versiyasida foydalan olishlari mumkin.

Qayd etilishicha, tez orada mazkur funksiya hamma uchun “Google Search” mobil ilovasida paydo bo‘ladi.

“Rozetked” nashrining ta’kidlashicha, funksiya hali rus tilidagi vazifalarni bajara olmaydi.


Avvalroq “Spot” “Google” klaviatura va sichqoncha o‘rniga ko‘z va yuz boshqaruvi funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.

Funksiya ba’zi sabablarga ko‘ra sichqoncha va klaviaturadan foydalana olmaydiganlar uchun kompyuter boshqarishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Ўхшаш янгиликлар