• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Hukumat qarori bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi.

Shuningdek, yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.

YHXDX organlarida ro‘yxatga olish jarayoni uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.

2021-yil noyabr oyidan elektr transport vositalari uchun maxsus “yashil” davlat raqamlari berila boshlangan. Ularning chap tomoni mintaqaviy kod bilan yashil rangda bo‘ladi.


Davlat rahbarining “Elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2030-yilgacha mamlakatda ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etilishi belgilangan.

Shu bilan birga, xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni hamda servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Qolaversa, mamlakatda ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10% punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya to‘lanadi.

Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030-yilgacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Ўхшаш янгиликлар