• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Germaniyada o‘tkaziladigan Yosh tadbirkorlar dasturiga (Westerwelle Young Founders Programme) arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur 25ta yosh loyiha asoschilari uchun 6 oylik stipendiya dasturi hisoblanib, ta’sischilarning tashabbuslarini kengaytirish va ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, dastur quyidagi uch bosqichdan iborat:

  • Boshlanish konferensiyasi (Kick-Off Conference): ikki kunlik onlayn boshlang‘ich konferensiya 2024-yilning sentabr oyi o‘rtalarida o‘tkaziladi.
  • Masofaviy dastur (Remote Programme): Sentabr-fevral (6 oy davom etadi) oylarida shaxsiy murabbiy, tengdoshlardan o‘rganish sessiyalari, ekspert seminarlari va investorlar bilan muloqot kabilar tashkil etiladi.
  • Berlin konferensiyasi (Berlin Conference): Eng yaxshi 10ta ishtirokchi 2025-yilning iyun oyida Berlinda o‘tkaziladigan 5 kunlik konferensiyaga taklif etiladi.

Mazkur konferensiya davomida ta’sischilar investorlar oldida chiqish qilish, seminarlarda ishtirok etish, tarmoq tadbirlariga qo‘shilish va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Dasturda ishtirok etishni xohlovchi tadbirkorlar rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi yoki rezidenti bo‘lishi hamda so‘nggi 5 yil ichida tijorat kompaniyasini tashkil etgan bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, mazkur kompaniya daromadga chiqqan bo‘lishi yoki tashqi moliyalashtirishning birinchi bosqichidan o‘tib, kengaytiriladigan biznes modeliga ega bo‘lishi zarur.

Sanoat sifatini, ta’sirini yoki inklyuzivligini oshirishi mumkin bo‘lgan fazilatlarga ega loyihalar bo‘lishi kerak.

Nomzodlarning o‘zi esa ingliz tilini yaxshi bilishi va 6 oylik masofaviy dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Onlayn ariza jo‘natish jarayonida quyidagilarni jo‘natish zarur:

  • startap haqida ma’lumotlar;
  • asosiy moliyaviy ma’lumotlar (daromadlar, mablag‘lar);
  • LinkedIn profili yoki CV.

Arizalarni joriy yilning 11-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Faqat to‘liq jo‘natilgan arizalar ko‘rib chiqiladi.

Tanlangan nomzodlar bilan suhbat 12−30 avgust kunlari o‘tkaziladi va natijalar sentabr oyi boshlarida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 2024-yilgi birinchi ochiq stipendiya tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар