• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya (“Einstein Fellowship”) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda butun dunyodan gumanitar, ijtimoiy yoki tabiiy fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ayni paytda 2025-yilgi dastur uchun qabul kechmoqda.

Dastur o‘z ixtisosligidan tashqari boshqa fanlararo yondashuvlarga ham ochiq bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Stipendiyalar Eynshteyn Forumi va Vittenshteyn jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladi.

Nomzodlar 35 yoshgacha bo‘lishi hamda ingliz tilini mukammal bilishlari talab etiladi.

Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lganlar rezyume, ikki sahifali loyiha taklifi va 2ta tavsiyanomani onlayn jo‘natishlari kerak.

Muvaffaqiyatli ariza taklif etilayotgan loyihaning sifati, o‘ziga xosligi va maqsadga muvofiqligini, shuningdek, talabnoma beruvchining yuqori intellektual rivojlanishini ko‘rsatishi kerak.

Taklif etilayotgan loyiha stipendiya davrida to‘liq bajarilishi talab etilmaydi, biroq, uzoqroq davom etuvchi loyihaning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Eynshteyn stipendiyasi allaqachon ilmiy tadqiqotini boshlagan akademik tahsil olishni xohlovchilar uchun mo‘ljallanmagan. Dastur yangi tadqiqot mavzusini talab etadi.

Dastur davomiyligi 5−6 oyni tashkil etib, qabul qilingan ishtirokchilarga 10 ming yevro miqdorida stipendiya ajratilib, transport xarajatlari qoplab beriladi.

Shuningdek, ular Germaniyaning Potsdam va Berlin universitetlarida tadqiqot o‘tkazishib, Brandenburgning Kaput shahrida joylashgan Eynshteynning yozgi bog‘ kottejida yashashadi.

Stipendiya muddati tugagandan so‘ng, ishtirokchilar Eynshteyn forumida va Vittenshteyn jamg‘armasida bo‘ladigan ochiq ma’ruzada o‘z loyihasini taqdim etadi.

Arizalarni joriy yilning 1-iyunigacha fellowship@einsteinforum.de elektron pochtasi orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlar bu yerda.


Avvalroq Ruminiyaning Transilvaniya universiteti “Transilvania Academica” stipendiyasiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар