• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

O‘zbekiston fintex assotsiatsiyasi Fintech & Banking 2024 forumi doirasida o‘tkaziladigan startap tanloviga arizalar qabul qilmoqda.

Tadbir moliyaviy texnologiyalar va bank ishi sohasida innovatsion yechimlarni yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Forumning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat:

  • bank va fintex sektorining transformatsiyasi;
  • to‘lov sohasidagi innovatsiyalar;
  • elektron tijorat va ekotizimlar;
  • blokcheyn va kriptosfera;
  • risklarni boshqarish va kiberxavfsizlik.

Ishtirokchilar investitsiyalarni jalb qilish va sohaning yetakchi o‘yinchilaridan tavsiyalar olish uchun o‘z ishlanmalarini mutaxassislar va venchur fondlar vakillariga taqdim etishlari mumkin. Eng yaxshi loyihalar tanlov hamkorlarining sovg‘alariga ega bo‘ladi.

Forum joriy yilning 2−3 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Raqamli texnologiyalar vazirligi majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tanlov ham forum kunlari tashkil etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni 1-sentabrgacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan yoki contact@fintech-360.com elektron pochta manzili orqali olish imkoniyati mavjud.

Avvalroq “C.A.T. Science Accelerator” dasturining oltinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар