• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Elektr energetika sohasida regulyator tashkil etiladi. Bu haqda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

U banklarning regulyatori — Markaziy bank kabi bozorning barcha qatnashuvchilari faoliyatini nazorat qiladi va tartibga soladi.

“Regulyator shunday bo‘ladiki, ertaga energetika bozorida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar — hamma litsenziya oladi”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Bu nega kerak va nima beradi

Bugungi kungacha agar kimdir shamol yoki quyosh stansiyasini qurayotgan bo‘lsa, u “O‘zMET"ga ma’lum bir yilgacha ma’lum bir narxda elektr energiyasini kafolatli sotishga kelishgan.

“Bu yaxshi va oson biznes. Regulyator ishga tushgach, elektr energiyasining ulgurji bozori shakllangandan keyin u ["qora bozor"] ochiq bozor bo‘ladi”, — dedi vazir.

Unga ko‘ra, xorijiy investor biror turdagi elektr stansiyasini qurmoqchi bo‘lsa regulyatorga murojaat qiladi va yer so‘raydi, keyin quradi.

“Hozirgi tartibda davlat tashkiloti shu elektr energiyani 2045-yilgacha olaman deb majburiyat olib qo‘ymoqda. U majburiyatini bajarmasa, uning orqasida har doim ham davlat turadi. Bu bilvosita davlat majburiyatlarining oshishiga olib keladi”, — dedi Qo‘chqorov.

Ilgari “Spot” Jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasiga $380 mln ajratishi haqida xabar bergandi.

Yashil iqlim jamg‘armasi (YIJ) esa tiklanadigan energiya manbalari xatarlarini yumshatish tashabbuslari doirasida $43 mln taqdim etadi.

YIJ, shuningdek, loyiha doirasida alohida tadbirlarni amalga oshirish uchun $4 mln.lik grant ajratadi.

Ўхшаш янгиликлар