• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 587,94 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 1 so‘m 91 tiyinga oshdi.

Bungacha dollar kursi 11-iyul, 10-iyul, 9-iyul, 8-iyul, 5-iyul, 4-iyul, 3-iyul va 1-iyul kunlari oshgandi.

15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Ўхшаш янгиликлар