• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +11.3°C
Detail image

Tegshli farmon bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagilar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • Mudofaa;
  • Ichki ishlar;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirliklari;
  • Milliy gvardiya;
  • Davlat xavfsizlik xizmati;
  • O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
  • Bojxona qo‘mitasi;
  • Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi.

Mazkur ro‘yxatdagi Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari) tibbiy xizmatlardan imtiyoz asosida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra:

Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta'lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

Mazkur nafaqa joriy yilning 1-aprelidan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.

Ўхшаш янгиликлар