• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Davlat soliq qo‘mitasi yanvar-sentabr oylarida qaytarilgan QQS summasiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, jami 8 424 ta ariza bo‘yicha 4 833 ta korxonaga 12,7 trln so‘m qo‘shimcha qiymat solig‘i qaytarilgan.

Qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘p

Hududlar kesimida:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi — 7,4 trln so‘m (124 ta korxona).

Hudud
Qaytarilgan QQS
Korxonalar soni
Qoraqalpog‘iston
94,6 mlrd so‘m
308 ta
Toshkent shahri
1,7 trln so‘m
596 ta
Andijon viloyati
589,6 mlrd so‘m
622 ta
Buxoro viloyati
201,9 mlrd so‘m
446 ta
Jizzax viloyati
182,1 mlrd so‘m
75 ta
Qashqadaryo viloyati
292,5 mlrd so‘m
308 ta
Navoiy viloyati
64,2 mlrd so‘m
206 ta
Namangan viloyati
261,6 mlrd so‘m
508 ta
Samarqand viloyati
537,6 mlrd so‘m
150 ta
Surxondaryo viloyati
62,7 mlrd so‘m
325 ta
Sirdaryo viloyati
172,5 mlrd so‘m
127 ta
Toshkent viloyati
651,3 mlrd so‘m
258 ta
Farg’ona viloyati
337,7 mlrd so‘m
533 ta
Xorazm viloyati
105 mlrd so‘m
247 ta


Sohalar kesimida qaytarilgan QQS:

Sohalar
Qaytarilgan QQS
Korxonalar soni
Ishlab chiqaruvchilar
7,1 trln so‘m
1119 ta
Chakana savdo
1,3 trln so‘m
801 ta
Ulgurji savdo
946 mlrd so‘m
204 ta
Qurilish
848 mlrd so‘m
112 ta
Qishloq xo‘jaligi
613 mlrd so‘m
2020 ta
Import qiluvchilar
549 mlrd so‘m
173 ta
Boshqalar
1,3 trln so‘m
404 ta


22-avgust kuni prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15%dan 12%ga tushirilishini ma’lum qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар