• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

CS korxonasi O‘zbekistonning yetakchi raqamli banklardan biri Uzum Bank`da bank jarayonlarini boshqarish tizimi “ABT B2"ni muvaffaqiyatli o‘rnatdi. “ABT B2” bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha tizimlar bilan integratsiya qilingan va asosiy jarayonlarni boshqarish tizimi sifatida ishlatiladi.

Uzum Bank O’zbekistondagi mashhur fintex kompaniyalaridan biri bo’lib, barcha operatsiyalar bank ilovasida foydalanuvchilar uchun onlayn ravishda mavjud.

“ABT B2” bu tijorat banklari uchun ishlab chiqilgan zamonaviy, yuqori texnologiyali yechimdir. “ABT B2"ga O‘zbekiston, Ukraina va Moldovadagi 50 dan ortiq moliyaviy tashkilotlar ishonishadi.

Uzum Bank`dagi barcha jarayonlar va ma’lumotlar almashinuvlarining avtomatlashtirilishi va samarali ishlashini ta’minlash uchun “ABS B2” tizimi asosiy milliy moliya va davlat muassasalari va Reyestrlari bilan birlashtirilgan, shu jumladan:

  • O‘zbekiston Kredit byurolari;
  • Garov reyestri;
  • Majburiy ijro byurosi;
  • Davlat soliq qo‘mitasi;
  • bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (BDMAB);
  • tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi;
  • FERUz ma’lumot tizimi (Foreign Exchange Regulation of Uzbekistan);
  • banklararo to‘lov tizimi va tezkor pul o‘tkazmalari tizimi “АНОР”;
  • O‘zbekistonning protsessing markazlari (HUMO, UZCARD).

“Avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy etish murakkab jarayon hisoblanadi, ayniqsa, nafaqat tartibga solish organi talablariga rioya qilish, balki yangi bank mahsulotlarini optimallashtirish va joriy etish uchun yetarlicha moslashuvchan tizimni yaratish zarur bo‘lganda. Ishonch bilan ayta olamanki, CS kompaniyasi bilan hamkorligimiz Uzum Bank`da avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy etish loyihasining muvaffaqiyatli yakunlanishida asosiy omil bo‘ldi”, — dedi bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Timur Emirsaliyev.

Uzum Bank — raqamli bank, O‘zbekistonning yetakchi fintex xizmatlaridan biri bo‘lib, bank hamkorlari qatoriga butun mamlakat bo‘ylab 20 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar kiradi. Bank Uzum milliy raqamli ekotizimiga kiradi. Har oyda O‘zbekistonning 10 mlndan ortiq aholisi ekotizim xizmatlaridan foydalanadi.

CS Finsoft MCHJ banklar va moliya kompaniyalarining biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish uchun CS dasturiy yechimlarini taqdim etadi, xorijiy ishlab chiquvchilarning O’zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi to’g’risida batafsil ma’lumot va maslahat beradi. 2023-yildan boshlab CS Finsoft MCHJ IT Park Uzbekistan rezidenti hisoblanadi.

Telefon: (+998) 78−113−19−97.
Manzil: Yunusobod t-ni, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-B, xalqaro biznes markaz.

Sayt: csfinsoft.uz
E-mail: info@csfinsoft.uz
Facebook: fb.com/csltd
Telegram-канал: https://t.me/CS_finsoft
LinkedIn: linkedin.com/company/csltd

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар