• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“C.A.T. Science Accelerator” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Ilg‘or texnologiyalar markazi xabar berdi.

Oltinchi marotaba o‘tkazilayotgan dastur ilmiy startaplarni akseleratsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarga g‘oyalarini amalga oshirishga yordam beradi.

Shu kungacha 5ta dastur o‘tkazilgan bo‘lib, akseleratorning 7ta startapi umumiy miqdori 5 mlrd so‘mlik mablag‘larga ega bo‘lgan.

Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bepul ishtirok etish mumkin:

  • oziq-ovqat texnologiyalari;
  • biotexnologiya;
  • “yashil” texnologiyalar;
  • diagnostika va biotibbiyot;
  • muqobil energiya manbalari;
  • yangi materiallar;
  • tibbiyot va oziq-ovqat sohalarida IT va raqamli texnologiyalar.

Saralash ikki bosqichda olib borilib, birinchi bosqichda loyihalarning talablarga mosligi tekshiriladi va baholanadi.

Dastlabki saralashdan o‘tgan jamoalar o‘z loyihalarini taqdimot qiladi va eng yaxshi loyihalar dasturga qabul qilinadi.

Dastur asosan o‘zbek tilida olib boriladi, shu bilan birga, ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Akselerator doirasida Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ishtirokchilarga tajribali mentorlar (murabbiylar) hamrohlik qiladi.

Shuningdek, ularga akseleratsiya dasturidan o‘tishgani haqida sertifikat beriladi hamda “InnoWeek” xalqaro ko‘rgazmasida loyihalarini taqdimot qilish imkoniyati yaratiladi.

Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar va g‘oyalar tanlovlarida ishtirok etish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Arizalarni joriy yilning 18-agust kunigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumo bu yerda.


Avvalroq IT-sohasi bo‘yicha “Women in Tech CCA” mukofoti uchun arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар