• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Boshqirdiston hukumati va korxonalari “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston bilan bir qancha shartnomalar tuzdi.

Xususan, Boshqirdiston Savdo vazirligi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi bilan import va eksport tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun “yashil yo‘lak"ni ishga tushirishga kelishib oldi. Mahsulotni sertifikatlash “yagona oyna” tizimi yordamida amalga oshiriladi.

Boshqirdiston savdo va xizmat ko‘rsatish vaziri Aleksey Gusev yangi sabzavot, meva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha kelishuv haqida ma’lum qildi. U “zamonaviy transchegaraviy ulgurji oziq-ovqat bozorlarini yaratish va rivojlantirish"ni nazarda tutadi.

O‘zbekiston va Rossiyada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Boshqirdiston Bosh vaziri Andrey Nazarov O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov bilan muzokaralar chog‘ida mamlakatning “katta salohiyati"ni qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan 250dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilib, shartnomalar tuzilgan.

Bular qatorida O‘zbekiston bozoriga kimyoviy reagentlar, ip-kalava va trikotaj mato yetkazib berish kabilar mavjud. Boshqirdiston tomoni O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importiga qiziqish bildirib, buning evaziga tuxum, sariyog‘, quruq sut hamda qishloq xo‘jaligi texnikasini taklif qildi.

Boshqirdiston taraqqiyot korporatsiyasi va “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi Toshkent viloyatida qo‘shma texnopark tashkil etishga kelishib oldi.

Korporatsiya bosh direktori Nail Gabbasov imtiyozli zonalarni boshqarish va investorlarni jalb qilish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi.

Yana bir kelishuv turizm sohasiga oid bo‘lib, tomonlar qo‘shma sayyohlik dasturlari, marshrutlar va ziyorat sayohatlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “Eltech Industrial” texnoparkida ikkita yangi loyihaning qurilish ishlariga boshlangani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар