• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Apple” kompaniyasi brend reklamasidan zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Popular Science” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Apple” “Family Sharing” reklamasi bo‘yicha huquqiy kelishmovchilikni hal qilgan.

Shartnoma doirasida kompaniya zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga $30 kompensatsiya to‘laydi, yakuniy miqdor esa $50gacha oshishi mumkin. IT giganti yuridik xarajatlarni ham qoplaydi.

Da’vo dastlab 2019-yilda qo‘zg‘atilgan. Unda foydalanuvchilar “Apple” ularni “Family Sharing” reklamasi bilan adashtirganini da’vo qilishgan.

Bu xususiyat foydalanuvchilarga Apple va boshqa kompaniyalar xizmatlariga obunalarini yaqinlari orasida baham ko‘rish imkonini beradi.

Biroq, barcha uchinchi tomon xizmatlari ham o‘z obunalarini shu tarzda taqsimlashga ruxsat bermagan, bu haqda kompaniya o‘z reklama materiallarida eslatib o‘tmagan.

Kompaniya o‘z aybini tan olmagan bo‘lsa-da, kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, 2015-yil 21-iyundan 2019-yil 30-yanvargacha “Family Sharing” xususiyatidan foydalangan “Apple” uskunalari egalari to‘lovni talab qilishlari mumkin. Kompensatsiya uchun ariza 2024-yil 1-martgacha yuborilishi kerak.

2015 va2016-yillarda chiqarilgan MacBook", “MacBook Air” va “MacBook Pro” foydalanuvchilari to‘lov olishlari mumkin.

Ўхшаш янгиликлар