• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Aksum kompaniyalarining harbiy-sanoat guruhi O‘zbekistonda ham, chet elda ham xususiy yuqori martabali va VIP-mijozlarni keng modellar qatori bilan taʼminlay boshladi.

Avvallari asosiy eʼtibor ichki bozorni faqat mudofaa vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan edi. Asta-sekin ishlab chiqarish ko‘lami kengayib, xalqaro qutqaruv va xavfsizlik tashkilotlari, shuningdek, moliyaviy tuzilmalardan buyurtmalar kela boshladi.

aksum, reklama

Aksum VPK asoschisi Ulug‘bekxon Maksumov xorijdan diplomatik missiyalar, bank tashkilotlari va VIP-mijozlar uchun zirhli hashamatli avtomobillarga buyurtmalar ko‘payganini tasdiqladi.

“Xorijiy buyurtmalar Aksum Marine VPK mahsulotlariga yaʼni qirg‘oq qo‘riqchilarining zirhli qayiqlariga va maxsus qidiruv-qutqaruv qayiqlariga ham tegishli”, — dedi Ulug‘bekxon Maksumov.

2021-yil noyabr oyidan boshlab Chirchiqda O‘zbekiston ichida xarbiy-sanoat sanoatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli zirhli texnika ishlab chiqarish yo‘lga ko‘yildi. Zavodlar 2008-yildan beri Birlashgan Arab Amirliklarida mudofaa sanoatida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan o‘zbek biznesmeni Ulug‘bekxon Maksumov tomonidan tashkil etilgan edi. Uning ishlab chiqarish texnologiyalariga bo‘lgan yuqori talab, O‘zbekistonning harbiy-sanoat imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan qiziqish yangi Aksum shaxsiy brendini yaratishga olib keldi.

aksum, reklama

Shunday qilib, 2021-yildan buyon O‘zbekiston hududida ikkita Aksum zavodi faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan biri Aksum VPK quruqligida zirhli texnika ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, ko‘shni davlatda esa Aksum Marine VPK brendi ostida zirhli qayiqlar yig‘ilmoqda.

aksum, reklama

Aksum Marine 2019-yildan beri BAAda zirhli va maxsus maqsadli qayiqlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun litsenziyaga ega.

2023-yil fevral oyida Aksum VPK va Aksum Marine VPK Abu-Dabi harbiy ko‘rgazmasida O‘zbekistonni namoyish etdi va shu bilan xalqaro maydonda nafaqat O‘zbekiston harbiy sanoatini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishni, balki uning texnologik imkoniyatlari va yutuqlarini ham namoyish etdi.

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар