• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

4-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yangihayot tumani: “Do‘stlik” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ahillik” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

3-avgust kuni Bektemir hamda Olmazor tumanlarida isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Avvalroq Energetika vazirligi energiya yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bo‘yicha munosabat bildirgandi.

Iyun oyida jami 34,8 mln kVt·soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lib, ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt·soatni tashkil etgan.

Ўхшаш янгиликлар