• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

E’tibor qarating: Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi hamda faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


Overdraft — bank tomonidan qarz oluvchiga oʻrnatilgan limit va muddat doirasida beriladigan kredit.

Bu turdagi kreditlar 1 yilgacha muddatga 22%dan 28%gacha taqdim etiladi.

Ikki oydan oʻn oygacha imtiyozli davr “Xalq banki”, “Oʻzmilliybank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Ipoteka-bank” tomonidan beriladi.

Overdraft hisobvaraqqa ish haqi yoki boshqa to‘lovlar kelib tushgandan keyin avtomatik tarzda yechib olinadi. Shu sababli, qarz oluvchi qarzni to‘lash haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Bu overdraftning odatiy kreditlarga nisbatan afzalliklaridan biridir.

Nima uchun overdraft boshqa kreditlarga qaraganda foydaliroq boʻlishi mumkinligi haqida bu yerda oʻqish mumkin.

Bank nomi
Stavka
Muddati
Miqdori
Asia Alliance Bank
22%
1 yilgacha
Oʻrtacha oylik ish haqining (pensiya) 3 barobarigacha
Ziraat Bank Uzbekistan
22%
1 yilgacha
Ipoteka bank
24%
1 yilgacha
Mikrokreditbank*
24%
1 yilgacha
Xalq banki
16%
1 yilgacha
Bank kartasiga o‘tkaziladigan pensiya miqdorining 50%idan oshmagan ammo ko‘pi bilan BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdorda
O‘zmilliybank**
22% — 24%
1 yildan 2 yilgacha
o‘rtacha oylik maoshi 3 barobarigacha, 50 mln so‘m
Orient Finans Bank
24%
1 yil
o‘rtacha oylik maoshi 3 barobarining 80%, biroq 20 mln so‘mdan oshmagan miqdorda
Saderat Bank
25−28%
1 yil
16 mln so‘mgacha
Trastbank
24%
1 yil
Oʻrtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha
Sanoatqurilishbank
24%
1 yilgacha
50 mln so‘mgacha

*Budjet tashkilotlari xodimlari uchun — 22%.
**Agar kredit 1 yil muddatga berilsa, yillik foiz stavkasi 22%.

Kredit kartasi

Kredit karta krediti bir yildan to‘rt yilgacha 28%dan 36%gacha beriladi. Mijoz ish joyida kamida 6 oy doimiy ish tajribasiga va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi kerak.

Bank nomi
Stavka
Miqdori
Muddati
Agrobank
27,99%
50 mln so‘mgacha
4 yil
Asia Alliance Bank

27,99% — 36%
50 mln so‘mgacha
2 yilgacha
InfinBank*
35,99%
30 mln so‘mgacha
2 yil
Sanoatqurilishbank**
26,9%
50 mln so‘mgacha
4 yil
Universalbank
30%
oylik ish haqining 3 baravari
1 yil

*"InfinBank" va “Sanoatqurilishbank” ilovalari kredit karta uchun onlayn arizani qabul qiladi. Kartani olish uchun bank filialiga borish kerak.
**Faqat iOS foydalanuvchilari uchun.

Ўхшаш янгиликлар