• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

2-noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Chilonzor tumani — 1- va 6-mavzelarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
  • Shayxontohur tumani — “Ilg‘or” hamda “Ko‘kcha” MFYlarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
  • Yashnobod tumani — “Yangi davr” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Elektr tarmoqlarini qish mavsumiga tayyorlash bir necha oydan buyon davom etmoqda. Yoz boshida poytaxtda mavsumdagi eng yirik elektr o‘chirilishi sodir bo‘ldi: 8-iyun kuni sakkizta tumanda elektr energiyasi uzildi.

Avgust oyi boshida Energetika vazirligi energiya yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar bo‘yicha munosabat bildirdi. Kuchli issiq harorat elektr energiyasidan fodalanishning karrasiga oshishiga olib kelgani ta’kidlandi.

Avvalroq prezident energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar bergandi. Xususan, ikki hafta muddatda qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini yakunlash topshirildi.

Ўхшаш янгиликлар