• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

18-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani: “Latifguzar” hamda “Nishabariq” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Chilonzor tumani: “Novza” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda quvvati 400 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishiga start berilgani haqida ma’lum qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар