• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Ishda marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar javobgar sifatida ishtirok etmoqda.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar sudining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, da’vogar (xonanda) Qodirov Botir Sheraliyevich otalikni belgilash da’vosi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar ishda javobgar sifatida ishtirok etadi

Da’vo arizasi sudga shu yil 19 mart kuni kelib tushgan. Ishni ko‘rish esa 15 aprelga belgilangan. Javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishni so‘raganligi sababli navbatdagi sud majlisi 23 aprel soat 14:30 ga qoldirildi.

23 aprel kungi sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2 may kuniga qadar tanaffus e’lon qilgan.

Da’vo arizaga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 29.09.2023 yildagi mutaxassis fikri ilova qilingan bo‘lib, Nurmatov Halimjon bilan Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekanligi bo‘yicha fikr berilgan.

Yangiyo‘l tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2008 yil 26 fevral kuni familiyasini “Jo‘rayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Sherali o‘g‘li”dan “Sheraliyevich”ga o‘zgartirganligi haqidagi 46-va 48-ilovalar sudga taqdim etilgan.

Ўхшаш янгиликлар